TOShKENT, 11 dek - Sputnik. Milliy terrorchilikka qarshi qo‘mita majlisida Rossiya Federal xafvsizlik xizmati (FSB) rahbari Aleksandr Bortnikov migratsiya oqimlari ustidagi nazorat kuchaytirilgani haqida gapirdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra 2018-yilda FXX xodimlari tomonidan terrorchilikda gumon qilingan 10 mingdan ortiq shaxslarga Rossiya hududiga kirishni taqiqlagan.
Bundan tashqari, 60dan ziyod rossiyaliklar va xorijliklarga Yaqin Sharqdagi qurolli nizo mintaqalari Suriya va Eronga kirish taqiqlangan.
Terrorizmga qarshi kurashish barcha MDH davlatlarining eng jiddiy va dolzarb muammolaridan biridir, jumladan, O‘zbekistonning. O‘zbekiston 2018-yil terrorizm jahon indeksi ro‘yxatining qariyb eng oxirgi pog‘onalaridan biri 134-o‘rinni egalladi. Iroq, Afg‘oniston va Nigeriya yetakchi uchlikka kiritilgan. Tojikiston –74, Rossiya esa 34-pog‘onada joylashgan. Terrorizm jahon indeksi (GTI) “terrorizm ta’sirini” aks ettiradi va turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari hamda radikal oqimlar paydo bo‘lishining geosisosiy omillari tahlilida tuziladi.