Deputatning 26 yoshli o‘g‘li shahar hokimi etib tayinlandi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina derjit papku v ruke
Mujchina derjit papku v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saylovda 31 nafar deputat ishtirok etgan. Ulardan 22 nafari yosh hokim nomzodini yoqlab ovoz bergan.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Qirg‘izistonning Baliqchi shahar hokimi lavozimiga 26 yoshli Marat Kudaybergenov tayinlandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Sobiq deputat 10-yilga qamaldi

Qayd etilishicha, yangi hokimni saylash deputatlarning shahar keneshining sessiyada bo‘lib o‘tgan. Marat Kudaybergenovdan tashqari hokimlik lavozimiga “Qirg‘iziston” fraksiyasidan Mirbek Shakirov ham kurash olib borgan

Saylovda 31 nafar deputat ishtirok etgan. Ulardan 22 nafari Kudaybergenov nomzodini yoqlab ovoz bergan, qolgan 9 nafari esa Shakirov nomzodini qo‘llab-quvvatlashgan.

Mahalliy qirg‘iz OAV xabariga ko‘ra, yangi saylangan hokim - Tokmok shahar keneshi deputatining o‘g‘li.

Xabarda Marat Kudaybergenov Jogorku Kenesha deputatlaridan birining yordamchisi sifatida faoliyat yuritgani ham qayd etilgan.

Marat Kudaybergenov 1993-yil Qirg‘izistonning Baliqchi shahrida tavallud topgan. Qirg‘iziston Milliy universitetini “moliya va qarz” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Oilali.

Yangiliklar lentasi
0