Sobiq deputat 10-yilga qamaldi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq deputat uyushgan transmilliy jinoiy guruhni tashkil etgan. Ushbu guruh xalq iste’molidagi tovarlarni juda ko‘p miqdorda kontrabanda qilish bilan shug‘ullangan.

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Qirg‘izistonning Jogorku Kenesh sobiq deputati Damirbek Asilbek uulu Olmaotaning maxsus tumanlararo sudi hukmi bilan 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, sobiq deputat Qozog‘iston JKning 234-moddasi (“Iqtisodiy kontrabanda”) va 264-moddasi (“Uyushgan transmilliy guruh tashkil qilish va unga rahbarlik qilish”) bilan aybdor deb topilgan.

Flag Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Shuningdek, sud jinoyatchiga jazo muddatini o‘tab bo‘lgandan so‘ng Qozog‘iston hududiga 5-yil muddatga kirishni taqiqlagan.

Prokurorning sud muzokarasida so‘zlagan nutqiga ko‘ra, 2016-yil noyabr oyida Jogorku Kenesh sobiq deputati uyushgan transmilliy jinoiy guruhni tashkil etgan. Ushbu guruh xalq iste’molidagi tovarlarni juda ko‘p miqdorda Qirg‘izistondan Qozog‘iston va Rossiyaga kontrabanda qilish bilan shug‘ullangan.

Atambayev hibsga olindimi? Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi ma’lumot berdi

Damirbek Asilbek uulu o‘tgan yil fevral oyida maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga olingan. U 2015-yilda “Qirg‘iziston” fraksiyasidan Jogorku Kenesh deputati etib saylangan. U qo‘lga olingandan so‘ng qozoq fuqaroligiga ham ega ekanligi oydinlashishi bilan deputatlik mandatidan mahrum qilingan.

Yangiliklar lentasi
0