Yangi raqamli iqtisod: Markaziy bank Visa bilan hamkorlik qiladi

Obuna bo‘lish
VISA va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mamlakatda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini rivojlantiradi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Markaziy bank va VISA xalqaro to‘lov texnologiyalari kompaniyasi O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini birgalikda amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladilar. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi.

Stansiya metro Kolomenskaya posle remonta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston metrosida aloqasiz to‘lov tizimi joriy etiladi

Memorandumga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda raqamli to‘lovlar infratuzilmasini birgalikda yaratish, yangi raqamli to‘lov mahsulotlarini joriy etish yo‘li bilan elektron to‘lovlarni qabul qilish tarmog‘ini kengaytirish va raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qaratilgan meyoriy hujjatlarni ishlab chiqishda hamkorlik qilishadi.

Shuningdek, tomonlar butun mamlakat bo‘ylab kartalarni qabul qilishni kengaytirish va elektron tijoratni rivojlantirish dasturlarini banklar va savdo subyektlariga risklarni boshqarishning ishonchli vositalarini taqdim etish orqali amalga oshirishga kelishib oldilar.

Direktor Natsionalnogo mejbankovskogo protsessingovogo sentra Shuxrat Kurbanov - Sputnik O‘zbekiston
HUMO to‘lov tizimi bizga nima uchun kerak?

Xabarda hamkorlik doirasida tomonlar mahalliy banklar bilan mobil va elektron to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash uchun karta hisob raqamlarini belgilashni (tokenlashtirish) joriy etish, shuningdek, xatarlar va firibgarlik operatsiyalari bo‘yicha ma’lumotlar almashish bo‘yicha ish olib borishni rejalashtirilayotgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mastercard xalqaro to‘lov tizimi va Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) o‘rtasida maqsadlar to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Bu fuqarolarga karta bilan dunyo bo‘ylab to‘lovni amalga oshirishga hamda jamoat transportida – metro, avtobuslarda  yo‘l kira to‘lovini amalga oshirishga imkon beradi.

Yangiliklar lentasi
0