O‘zbekiston metrosida aloqasiz to‘lov tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Kirill KallinikovStansiya metro "Kolomenskaya" posle remonta
Stansiya metro Kolomenskaya posle remonta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MasterCard kompaniyasining Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi mintaqaviy rahbari Igor Stepanov O‘zbekistonda Markaziy bank bilan hamkorlikda yo‘lga tushiriladigan loyihalari haqida so‘zlab berdi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Markaziy bank bilan transport bo‘yicha pilot loyihani ishga tushirish yuzasidan muzokalar o‘tkazdik va dastlab O‘zbekiston metrosida aloqasiz to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yishga kelishdik, dedi Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda MasterCard kompaniyasining Gruziya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi mintaqaviy rahbari Igor Stepanov.

Direktor Natsionalnogo mejbankovskogo protsessingovogo sentra Shuxrat Kurbanov - Sputnik O‘zbekiston
HUMO to‘lov tizimi bizga nima uchun kerak?

"Bu bizning hamkorlikdagi birinchi katta qadamimiz. Keyinchalik transportning boshqa turlarida ham kartalar orqali to‘lovni amalga oshirish tizimini kengaytirishni mo‘ljallaganmiz. Ya’ni endilikda fuqarolarga jeton, proyezdnoy yoki qanaqadir talon xarid qilishlariga ehtiyoj qolmaydi. Aslida aloqasiz to‘lov tizimi dunyoning ko‘plab shaharlarida ishlaydi. Masalan, London, Praga, Kiyev, Sankt-Peterburg va Singapurda. Bu loyiha smart-siti konsepsiyasiga kiradi. Ammo u faqatgina transport bilan chegaralanmaydi, misol uchun agar parkovka pulli bo‘lsa, xuddi shu usulda parkovka uchun to‘lovni amalga oshirish mumkin. Yoki stadionga kirish pullik bo‘lsa, aloqasiz to‘lov usuli orqali to‘lash mumkin", - dedi Stepanov.

U shuningdek, ayni damda O‘zbekistonda bozor ochiqligi tendensiyasi kuzatilayotgani, banklar esa hamkorlikka, rivojlanishga tayyorligini ko‘rayotganini qayd etdi va "bu juda muhim" ko‘rsatkichligini ta’kidladi.

Stepanov: oplata kartoy v metro Tashkenta - tolko perviy shag k proyektu Smart City
Yangiliklar lentasi
0