Toshkent hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi

© Sputnik/Viktor TolochkoPismenniy nabor glavi gosudarstva
Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahar hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Hotambek  Shokirov Toshkent hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Hotambek  Shokirov 2018-yil dekabrdan buyon O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Mujchini s portfelem v ruke. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV tizimida 7 nafar yangi rahbar tayinlandi

Hotambek  Shokirov 1970-yil tug‘ilgan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (2002 yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) va Toshkent iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Alimardon Qarshiyev Toshkent hokimining jamoatchilik va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari  etib tayinlandi. U 2011 yildan buyon Toshkent viloyati hokimining xuddi shu masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi. U O‘zbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent davlat universiteti)ni tamomlagan.

Yangiliklar lentasi
0