TOShKENT, 30 apr – Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.
IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, quyidagilar vazirlikning hududiy tuzilmalarida rahbar etib tayinlandi:
- podpolkovnik Baxtiyor Ismandiyorovich Torebekov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- podpolkovnik Polat Konisbayevich Iskenderov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- podpolkovnik Jasurbek Urazbayevich Kamalov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxiatosh tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- podpolkovnik Isak Mamutjanovich Saliyev - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- podpolkovnik Bunyod Arziqulovich Jo‘raqulov - Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- podpolkovnik Doniyor Ne’matovich Hamidov - Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;
- mayor Jasurbek Rahmonjonovich Xudoyberdiyev - Andijon viloyati Andijon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga.
Toshkentlik polkovnik Moskvaning IIB boshlig‘i etib tayinlandi