Rossiyada nima migrantlarni ro‘yxatdan o‘tishga majburlaydi – ekspert fikri

© Sputnik / Kirill KallinikovInostrannie rabochie u xostela
Inostrannie rabochie u xostela - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"XXI asr migratsiya" fondi vitse-prezidenti Natalya Vlasova nima migrantlarni ro‘yxatdan o‘tishga majburlashi haqida Sputnik᾽ka o‘z fikrlarini bildirdi.

Natalya Vlasova Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida Rossiya migratsion qonunchiligidagi o‘zgarishlar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Direktor Sentra migratsionnix issledovaniy, vedushiy nauchniy sotrudnik INP RAN Dmitriy Poletayev - Sputnik O‘zbekiston
Poletayev: migrantlar mehnat shartnomasini talab qilib, ishsiz qolish xavfiga duch kelmoqda

Ekspert migrantlar mamlakatdan chiqarib yuborishlaridan qo‘rqishlari sababli ko‘p hollarda migratsion ro‘yxatdan o‘tishga harakat qilishadi va o‘zlarining Rossiyada bo‘lishlarini qonuniylashtirishadi deb hisoblaydi.

Agar ilgari ish beruvchilar migrantlarni uning ishlash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘ya olishgan bo‘lsa, o‘tgan yilning iyul oyida qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra chet ellik fuqarolarni ish joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish taqiqlangan. Endilikda migratlar o‘zlari haqiqatdan ham yashab turgan joylarida ro‘yxatdan o‘tishlari shart. Qonunga amal qilmagan migrantlar Rossiya hududidan chiqarib yuboriladi.

“Mazkur holat ko‘pchilik migrantlarni migratsion ro‘yxatdan o‘tishga undaydi”, - deya ta’kidladi ekspert.

Inostranniy rabochiy kurit - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar og‘riq chidab bo‘lmas darajaga yetgandagina shifokorga murojaat qilishadi - Poletayev

Shuningdek, ekspert aksariyat migrantlar narxi qimmat bo‘lgani sababi ishlash huquqi beruvchi patentni rasmiylashtirmasliklariga e’tibor qaratdi. Ro‘yxatdan o‘tgan migrantlar Rossiya hududida 180 kun bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.

“Ular Rossiyaga kelib, ro‘yxatdan o‘tishadi, lekin patent rasmiylashtirishmaydi. So‘ngra uch oy o‘tgach Rossiyada bo‘lishni qonuniylashtirish maqsadida Qozog‘iston yoki Belarus chegarasini kesib o‘tishadi. Shunday qilib, yana uch oy Rossiyada bo‘lish huquqini qo‘lga kiritishadi. Ular yilda davomida uch marta chegarani kesib o‘tishadi. Shuning uchun Rossiyada migrantlarni hisobga olish jarayoni qiyinlashadi”, - deydi u.

Yangiliklar lentasi
0