Poletayev: migrantlar mehnat shartnomasini talab qilib, ishsiz qolish xavfiga duch kelmoqda

© Photo : provided by Dmitriy PoletaevDirektor Sentra migratsionnix issledovaniy, vedushiy nauchniy sotrudnik INP RAN Dmitriy Poletayev
Direktor Sentra migratsionnix issledovaniy, vedushiy nauchniy sotrudnik INP RAN Dmitriy Poletayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Migratsiyaga oid tadqiqotlar markazi direktori, RFA ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev Rossiyadagi migrantlarning aksariyati nima uchun nolegal ishlashni afzal ko‘rishini tushuntirib berdi.

"50-60% holatlarda ish beruvchining o‘zi mehnat shartnomasini tuzishni istamaydi. Ayrim migrantlar esa ish o‘rnidan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib, mehnat shartnomasidan voz kechadilar", - dedi Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida ekspert.

Podpisanie memoranduma RF i Uzbekistana po sotrudnichestvu v sfere zashiti prav cheloveka - Sputnik O‘zbekiston
Putinning maslahatchisi: Rossiyadagi o‘zbekistonliklar muammolari endi chuqur o‘rganiladi

Poletayev Rossiyada noqonuniy mehnat qilayotganlarni emas, balki hujjatlarsiz ishga joylashtirayotganlarni jazolash yaxshi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi, degan fikrda.

"Bizda hozir shu turdagi qonunchilik aktlari bor, ammo ish beruvchilar to‘lab, qutuladigan jarimalar miqdori juda oz. Ammo bu kabi cheklov chorasi ham cheklangan ta’sirga ega, chunki hozircha soyadagi iqtisod bor, migrantlar ishlaydigan joy bor, ish beruvchilarga esa soliqlarni to‘lash og‘ir kechmoqda", - deb hisoblaydi ekspert.

Poletayev shuningdek, Rossiya IIV tomonidan deportatsiya uchun to‘lovlarni migrantlar tomonidan qoplash haqidagi taklifga izoh berib o‘tdi. Unga ko‘ra, agar Rossiyaga kirib kelayotgan fuqarolardan "zalog" qoldirish talab etiladigan bo‘lsa, u holda ishlashga kelayotgan migrantlar ham yoppasiga kirish maqsadini - turizm deb ko‘rsata boshlaydi va shundan so‘ng ishlash uchun mamlakatda qoladi.

Ekspert prokommentiroval initsiativu o vozmeshenii zatrat na deportatsiyu migrantov
Yangiliklar lentasi
0