Putin va Pompeo qanday masalalarni muhokama qilishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo ilk bor Rossiyaga tashrif buyuradi. Bugun u bilan Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muzokara o‘tkazadi. Keyin Pompeoni Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qiladi.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh bosh kotibi Maykl Pompeo bilan qaynoq nuqtalar – Eron, Suriya, Venesuela, Shimoliy Koreya, shuningdek strategik barqarorlik va qurolsizlanish masalalarini muhokama qiladi. Buni prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
AQSh bosh kotibi Moskvaga tashrifini bekor qildi

Putin va Pompeo uchrashuvi Sochida amalga oshiriladi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh munosabatlari faqat ikki davlat prezidentlari muzokaralaridan so‘ng yangi bosqichga chiqishi mumkin.

Bundan avval Reuters agentligi Donald Tramp Xitoy va Rossiya yetakchilari bilan Yaponiyada “Katta yigirmatalik” sammitida uchrashishi haqida xabar qilgandi.

Putin va Tramp uchrashuvi haqida rasmiy istaklar Vashingtondan hozircha kelmadi.

Yangiliklar lentasi
0