AQSh bosh kotibi Moskvaga tashrifini bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGossekretar SShA Mayk Pompeo
Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo Moskvaga tashrifini bekor qildi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. AQSh bosh kotibi Mayk Pompeo Moskvaga tashrifini bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti Frans Press agentligiga asosan xabar qildi.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Eron yadroviy bitim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatdi

Biroq, seshanba kuni rejaga muvofiq u Sochida Vladimir Putin va Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashadi.

TIV ma’lum qilishicha, Moskva ushbu uchrashuvda barcha mavzular muhokama qilinishiga umid qiladi: Venesueladan tortib qurolni nazorat qilishgacha.

Dushanba kuni siyosatchi Brusselga yo‘l oldi. Pompeo u yerda yevropalik yetakchilar bilan dolzarb masalalar, shular ichida Eron yadroviy kelishuv bilan yuzaga kelgan holatni muhokama qiladi.

Bundan avval AQSh bosh kotibi Berlin va Grenlandiyaga tashrifini bekor qilgandi.

O‘tgan haftada Tehron Eron yadroviy dasturi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatishi haqida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Xitoy va Rossiyaga maktub yuborgandi.

Tehron barcha cheklovlarga amal qilishga majbur emas deb hisoblaydi va bitimning ikkita bandi bo‘yicha o‘z siyosatini o‘zgartiradi. Ular boyitilgan uran va og‘ir suv zaxiralarini saqlash bilan bog‘liq.

2015 yil Eron va 6 ta xalqaro vositachilar (Rossiya, AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) ko‘p yillik muammo – Eron atomi bo‘yicha tarixiy kelishuvga erishilgandi.

2018 yil may oyida Donald Tramp Vashington bitimdan chiqishini e’lon qildi. Shuningdek, AQSh prezidenti Tehronga nisbatan barcha sanksiyalar tiklanishini ma’lum qildi. Shu jumladan, Eron bilan biznes qiladigan mamlakatlarga nisbatan ham sansiyalar joriy etilishi haqida aytib o‘tgandi. Bundan tashqari, Eron neftini eksportini 0 darajasiga yetkazish maqsadi o‘rganib chiqildi.

Qolgan beshta davlat va Tehron AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish bo‘yicha hisob-kitob uchun moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishga kelishishdi.

Yangiliklar lentasi
0