Xitoy xalq banki yuan kursini keskin tushirdi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tishKitayskie denejnie kupuri-yuani
Kitayskie denejnie kupuri-yuani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Blumberg fikriga ko‘ra, yuanning narxi tushirilishi AQSh Xitoy importiga kiritgan qo‘shimcha bojlarga qarshi qaratilgan chora bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. AQSh Xitoyga qarshi 200 millardlik qo‘shimcha boj to‘lovi e’lon qilganidan so‘ng Xitoy Xalq banki yuan-dollar kursini birdaniga 0,6 %ga tushirdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Xitoy Xalq banki chorshanba kuni yuan – dollar o‘rtacha almashuv kursini bir dollarga 6,8365 yuan miqdorida belgiladi. Bu oldingi kursga nisbatan 411 punkt pastdir. Oldingi kurs 6,7954 yuan edi.

Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
AQSh bosh kotibi Moskvaga tashrifini bekor qildi

AYNI damda AQSh va Xitoy o‘rtasida davom etayotgan “iqtisodiy urush” tufayli yil boshidan buyon Xitoy valyutasi kursi sezilarli darajada pasaytirildi. Vaholanki, Xitoy hukumati, jumladan Li Ketsan ham yuan kursini iqtisodiyurush quroliga aylantirish niyatlari yo‘qligini bir necha bor ta’kidlashgan edi.

Blumberg agentligi xabariga ko‘ra, AQSh bundan oldin Xitoyni yuan kursini tushurmaslik haqida bir necha bor ogohlantirigan edi. AQSh yuan kursi kamaytirilgan taqdirda yanada yuqoriroq bojlar kiritish bilan po‘pisa qilgan edi. Blumberg ekspertlari fikriga ko‘ra, yuanning narxi tushirilishi AQSh Xitoy importiga kiritgan qo‘shimcha bojlarga qarshi qaratilgan chora bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilning avgust oyida ham Xitoy yuan kursini 3%ga keskin tushirgan edi. O‘shanda ushbu chora butun dunyo fond birjalarini titratib yuborgan edi. Undan so‘ng Xitoy valyutasi kursi yana 3 marotaba kamaytirilgan edi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu choralar Xitoy tomonidan o‘z eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0