Yunusobod tumani sobiq hokimi 5-yilga ozodlikdan mahrum qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Baxtiyor Abdusamatov dastlab Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210-moddasida (pora olish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 13-maydagi hukmi bilan Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga 5-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo” xabar qilmoqda.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Katta pora so‘ragan Yunusobod tumani hokimi DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudya Zafar Nurmatov raisligida Baxtiyor Abdusamatov, vaqtincha ishsiz O‘lmas Muhammadsaidov va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “Milliy PR-markazi” sobiq bosh direktori Shohrux Malikov ishi bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Baxtiyor Abdusamatov dastlab Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 210-moddasida (pora olish) ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan edi.

Stroitelstvo mnogoetajnogo doma. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir hibsga olingan sobiq Yunusobod tumani hokimi qarorini bekor qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudining 13-may kuni hukmiga ko‘ra Baxtiyor Abdusamatov Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2 qismi a bandi (juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda) va Jinoyat kodeksining 45-moddasini qo‘llab, 3 muddatda mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan lavozimlardan ishlash mahrum qilingan holda 5-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Xabarda tayinlangan jazo muddati manzil koloniyada o‘talishi, qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirilgan holda jazo muddati 2018-yil 10-sentabrdan boshlab hisoblanishi belgilangani qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0