USAID Xalq ta’limi vazirligiga $19,5 mln grant ajratdi

Obuna bo‘lish
USAID ajratgan mablag‘lardan “IT Nation” hamda “English speaking nation” dasturlarini amalga oshirida foydalaniladi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. AQShning Xalqaro rivojlanish bo‘yicha agentligi USAID, O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligiga 19,5 mln dollar miqdorida grant ajratadi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

“USAID O‘zbekistonda xalq ta’limi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ingliz tilini o‘qitishni rivojlantirish uchun $19,5 million (165 milliard so‘m) miqdorida grant taqdim etish haqida qaror qabul qildi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu mablag‘lar maktab boshqaruviga, o‘quv qo‘llanmalarni takomillashtirishga hamda o‘qituvchilarning mazkur o‘quv qo‘llanmalardan ta’lim jarayonida foydalanish bo‘yicha bilimlarini oshirishga sarflanadi.

Toshkentdagi AQSh elchixonasi - Sputnik O‘zbekiston
USAID agrar sohasiga 14 mln $ ajratdi

Loyiha Xalq ta’limi vazirligining o‘quvchilarning axborot texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan “IT Nation” tashabbusini amalga oshirishda ilmiy asoslangan strategiya yaratishda ko‘mak beradi.

Shuningdek, USAID agentligi mazkur loyiha davomida Xalq ta’limi vazirligiga zamonaviy ta’lim usullarini joriy etish yo‘llari bilan bir qatorda mamlakatimiz maktablarida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirishga qaratilgan “English speaking nation” dasturini amalga oshirishda yordam beradi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu grant Xalq ta’limi vazirligi hamda AQSh hukumati o‘rtasida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan dastlabki loyihalardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 27-fevral kuni xalq ta’lim vaziri Sherzod Shermatov hamda Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha davlat kotibining o‘rinbosari, elchi Elis Uells, shuningdek,  AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbarining Markaziy va Janubiy Osiyo buyicha o‘rinbosari yordamchisi Xavyer Pyedra Toshkentda uchrashib ushbu hujjatni imzolashgan edi.

Yangiliklar lentasi
0