TOShKENT, 15 sen – Sputnik. Ushbu yilning 15-sentabrida Toshkentda AQSh elchisi Pamela Spratlen USAID O‘zbekistonda qiymati 14 mln $ “Qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat yaratish tizimini rivojlantirish” dasturi ishga tushganini e’lon qildi.
Yangi dastur, asosan, danakli mevalar, sabzavotlar, qovun va uzum kabi mahsulotlar yetishtirish va ularni qayta ishlash sohalarini qamrab olgan. Muddati 5-yilga mo‘ljallangan ushbu tadbir yangi ish o‘rinlari yaratish, mevalar sifati va hosildorligini oshirish hamda soha serdaromadligini oshirishga yo‘naltirilgan.
Dastur ochilish marosimida USAID Markaziy Osie Mintakaviy Direktori Sara Uolter (Sara Walter) ham qatnashdi.