Pensiya va nafaqalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash bo‘yicha davlat xizmatilari ko‘rsatishning ma’muriy reglament loyihalari tayyorlandi.

TOShKENT, 30 apr – Sputnik. “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi, pensiya miqdorini aniqlash tartibiga doir prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

Qaror loyihasiga “farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;

“Pensiya va nafaqa tayinlanganligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;

“Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa tayinlash yuzasidan murojaatlar bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;

“Pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;

“Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun beriladigan nafaqa pulini tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” ilova qilingan.

Hujjat loyihasida 2019-yilning 1-avgustiga qadar ma’muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi qayd etilgan.

Koshelek s dengami - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pensiya ta’minotiga oid hukumat qarori qabul qilindi

Pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning to‘lovi miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.

Shuningdek, qaror loyihasida bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilishini ta’minlash maqsadida Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazasini “FHDOning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi ta’minlash qayd etilgan.

Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli AT “Xalq banki”ning tegishli filiallari tomonidan to‘lanadi.

Yangiliklar lentasi
0