Sitsiliyada uylar 1 yevrodan sotilmoqda...

© WikipediaVid goroda Mussomeli, Sitsiliya
Vid goroda Mussomeli, Sitsiliya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sitsiliya shaharlaridan birida, hokim xorijiy fuqarolarga uylarni 1 yevrodan sotib olishni taklif qildi.

TOShKENT, 12-may – Sputnik. Italiyaning Sitsiliya oroli markazida joylashgan Mussomeli shaharchasi meri Djuzeppe Kataniya shahar tarixiy markazidagi uylarni xorijiy fuqarolarga 1 yevrodan sotib olishni taklif qildi, RIA Novosti xabariga asosan.

V maxalle Ibroxim ota Almazarskogo rayona Tashkenta vruchili klyuchi ot kvartir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

Ushbu taklifning faqat bitta sharti bor – mulkning yangi egasi sotib olingan uyni ta’mirlab yaroqli holatga keltirishi kerak. Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu tadbir shahar markazini yashash uchun qulay qilishga qaratilgan kampaniyaning bir qismidir.

E’lon shahar ma’muriyati rasmiy saytida chop etilganidan so‘ng yuzlab xorijiy fuqarolardan takliflar kelib tushgan. So‘nggi 3 hafta davomida Belgiya, Gollandiya, Fransiya, Avstraliya fuqarolaridan 380 ta takliflar kelib tushgan.

Shahar hozircha faqat 100 ta qarovsiz uyni savdoga chiqargan, kelajakda ushbu uylar soni oshishi mumkin. Ma’muriyat vakilining aytishiga qaragandan Mussomelida eng ko‘pi bilan 600 ta uy sotilishi mumkin.

“Bizning shahar Sitsiliyaning markazida joylashgan. Mahalliy o‘lchamda u ancha yirik shahar hisoblanadi. Mussomelida 11 kishi yashaydi, lekin so‘nggi yillarda aholi soni kamayishi kuzatilmoqda.Yoshlar ish qidirib katta shaharlarga ko‘chib ketmoqda, shahar tarixiy markazidagi binolar esa bo‘shab eskirib qolmoqda.

Ushbu vaziyatda biz Sitsiliyani yaxshi ko‘radigan, bu yerga dam olish uchun tez-tez kelib turadigan xorijiy fuqarolarga bo‘shab qolgan uylarni ramziy 1 yevro qiymatida sotib olishni taklif qildik. Ko‘chmas mulkning yangi egasi faqat uyni ta’mirlab yaroqli holga keltirsa kifoya”, - deydi shahar meri Kataniya.

Mussomeli boy tarixga ega bo‘lgan shahar. U 1500-yil oldin paydo bo‘lgan. Shahar tog‘li joyda, dengiz sathidan 765 metr balandlikda joylashgan. Bu yer qishda quruq, yozda 30-32 daraja issiq bo‘ladi. Xalqaro aeropordan 150 km, qirg‘oq bo‘yida joylashgan yirik shaharlardan o‘rtacha 50 km masofada joylashgan.

Rossiya vvodit zapret na vvoz inostrannix tovarov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida savdo hajmi 20 foizga oshdi

“Biz o‘z shahrimiz bilan g‘ururlanamiz. Bu yer tinch va qulay yashash uchun yaxshi joy. Mussomelida kriminal ma’noda ham juda tinch. O‘tgan 3-yil davomida bu yerda birorta ham og‘ir jinoyat sodir etilmagan. Bir necha o‘g‘irlik bo‘lgan xolos”, - deydi shahar meri.

Sitsiliyada ana shunday noodatiy tadbirlar birinchi marta e’lon qilingani yo‘q. 2008-yilda Salemi shahrida sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng shahar meri Vittorio Zgarbi ham ana shunday aksiya e’lon qilgan edi. O‘shanda istalgan kishiga zilziladan zarar ko‘rgan uylarni arzon sotib olib qayta tiklash taklif qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0