TOShKENT, 14 noya – Sputnik. O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi savdo joriy yilning yanvar-sentabrda 206 million dollarni tashkil etib, o‘tgan yil ko‘rsatgichiga nisbatan 20 %ga oshdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.
2018 yil 14-noyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio Di Stefano boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, savdo, investitsiya, madaniy-gumanitar va “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi” formatidagi O‘zbekiston-Italiya muloqoti holati va uni yanada chuqurlashtirish istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashilgan.
Shuningdek, 2019-yil boshida o‘tkaziladigan savdo, iqtisodiy va sanoat hamkorligi va eksport kreditlari masalalari bo‘yicha Hukumatlararo ishchi guruhining navbatdagi majlisini o‘tkazish muhim sohadagi qo‘shma kun tartibini faollashtirish imkonini yaratishni ta’kidlagan.