TOShKENT, 23 yanv – Sputnik. Markaziy bank 2019-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 2019-yil 1-yanvar holatiga Yalpi oltin valyuta zaxiralari — 27 081,4 million AQSh dollari (2018 yil 1-dekabr holatiga 25 983,0 million AQSh dollari, o‘tgan oyga nisbatan 1 098,4 million AQSh dollariga ko‘paydi), shundan xalqaro valyutadagi aktivlar — 12 440,7 million AQSh dollari, monetar oltin — 14 640,7 million AQSh dollari tashkil qildi.
Sof oltin-valyuta zaxiralari — 26 394,1 million AQSh dollarini tashkil etdi (2018 yil 1-dekabr holatiga 25 291,7 million AQSh dollari).