FVV cho‘milish mavsumi arafasida xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda

© Sputnik / Yevgeniya NovojeninaOtdixayushie v landshaftnom parke "Mitino"
Otdixayushie v landshaftnom parke Mitino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FVV cho‘milish mavsumi arafasida, suv havzalarida xavfsizlik mavzusida faol tashviqot olib bormoqda.

TOShKENT, 11-may – Sputnik. O‘zbekistonda cho‘milish mavsumi yaqinlashib kelayotgan vaqtda respublika Favqulodda Vaziyatlar vazirligi aholining suvda cho‘kishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston
Sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin - FVV

Xususan, ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda mart-may oylari dvomida respublika bo‘yicha 970 ta umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida jami 286 ming nafar o‘quvchilar va 45 ming nafar o‘qituvchi-xodimlar bilan “Fuqaro muhofazasi kuni” doirasida “Suv havzalarida cho‘milish qoidasi – salomatlik va xavfsizlik garovi” mavzusida tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida cho‘milish jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilish, cho‘kayotgan insonga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha harakatlar amaliy namoyish etilib, 48 mingdan ortiq eslatmalar tarqatildi va 700 tadan ziyod ko‘rgazmali burchaklar tashkil qilindi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ham 30dan ortiq ko‘rgazmali amaliy seminarlar o‘tkazilib, tadbir qatnashchilariga eslatmalar, bukletlar va boshqa ko‘rgazmali vositalar tarqatildi.

Ikkinchidan, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash, Xalq ta’limi vazirliklari va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan jami 222 ta bolalar sog‘lomlashtirish va dam oldirish oromgohlari ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning cho‘milish havzalari va basseynlari ta’mirlandi, birlamchi qutqaruv anjomlari va tibbiyot vositalari bilan jihozlandi, targ‘ibot - tashviqot burchaklari tashkil qilindi.

Pojarno-takticheskie ucheniya na rinke Chilonzor buyum savdo kompleksi - Sputnik O‘zbekiston
Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi FVV tizimiga o‘tkazildi

Uchinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  viloyatlar va Toshkent shahar FVBlari tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari yuzasidan gazeta va jurnallarda 201 ta, televideniyada 486 ta va radio orqali 310 marotaba chiqishlar qilindi. 

To‘rtinchidan, respublika bo‘yicha suv obyektlarida 4037 ta “Cho‘milish qat’iy taqiqlanadi!”, “Kupanie strogo zapreshayetsya!” belgilari o‘rnatildi.

Beshinchidan, “Mahalla”, “Yoshlar” va “Dunyo bo‘ylab” telekanallari orqali “Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari”, “Suvda cho‘kish bilan bog‘liq bahtsiz xodisalarning oldini olish”, “Suvda xavfsizlik qoidalari” mavzusidagi teleko‘rsatuv va videoroliklar efirga uzatib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda 50 dan ortiq suv omborlarida, sun’iy ko‘llarda, istirohat bog‘laridagi sun’iy ko‘llarda qo‘riqlanadigan plyajlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0