Sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin - FVV

© press-slujba MChS KRSelevoy potok
Selevoy potok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin.

TOShKENT, 18-may — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi sel kelgan vaqtda aholi qanday harakat qilish borasida tavsiyalar berdi.

Vazirlikning bildirishicha, O‘zbekiston Respublikasidagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan, Farg‘ona, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.

Aytilishicha, sel oqimlaridan faqat qochib qutulish mumkin.

"Sel xavfi to‘g‘risida xabar eshitgandan so‘ng darxol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim", — deyiladi vazirlik tavsiyasida.

Na ulitse posle sxoda selevogo potoka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning qator viloyatlarida 22-maygacha sel kelish xavfi mavjud

Agarda sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerakligi aytiladi.

Ma’lum qilinishicha, odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.

Ko‘p yillik kuzatishlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida sel toshish ehtimoli aprel-iyun oylarida birmuncha faollashuvi qayd etilgan va sodir bo‘lgan hodisalar quyidagicha taqsimlangan: aprel oyida 30 %, may oyida 36 %, iyun oyida 14 %.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, aprel-may oylarida Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo. Qashqadaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi tog‘-yonbag‘irlarida sel toshqinlarining bo‘lishi kuzatiladi. Iyun-iyul oylarida Namangan va Farg‘ona viloyatlari tog‘-yonbag‘ri hududlarida sel-toshqin harakati saqlanib qoladi. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham sel toshqinlari bo‘lib o‘tish ehtimoli mavjud.

Yangiliklar lentasi
0