Andijonda fuqaro narda o‘yini tufayli tanishini qasddan o‘ldirdi

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishNardi
Nardi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi narda o‘yini qotillik bilan yakunlandi.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanidagi narda o‘yini qotillik bilan yakunlandi.

Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha bitta odam o‘ldirilayapti

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro tanishi bilan narda o‘yini o‘ynagan va o‘yin davomida o‘zaro janjallashgan.

Keyin ular avtomashina ichida ham o‘zaro janjalni davom ettirishadi. Fuqaro  avtomashinani to‘xtatgan vaqtda u avtomashinasidagi pichoq bilan tanishining chap ko‘krak qismiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan qotilga nisbatan O‘zbekiston JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatida ruhiy kasalxona bemori ustani urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0