Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga jo‘nab ketdi

Obuna bo‘lish
Tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta’minlash va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

TOShKENT, 6-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may kuni Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston do‘stlari kimlar? Mirziyoyev shu haqda gapirdi

Xabarda ta’kidlanishicha, tashrif davomida tumanlarga sanoatni olib kirish, aholini ish bilan ta’minlash va yoshlar masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadlarga xizmat qiladigan korxonalar faoliyati bilan tanishish, yangi iqtisodiy loyihalarni belgilash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30-aprel - 1-may kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurgan edi.

Yangiliklar lentasi
0