O‘zbekiston do‘stlari kimlar? Mirziyoyev shu haqda gapirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Termizda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazildi

TOShKENT, 2-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga safari chog‘ida O‘zbekistonning haqiqiy do‘stlari kim ekanini aytib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi

Termiz shahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi Mirziyoyev taklifi bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan.

"Haqiqiy ahvolni gapirgan odam bizga do‘st. Uchrashuvimiz hamma masalalarni joy joyiga qo‘yish bo‘yicha foydali bo‘lsin", - dedi sessiya davomida davlat rahbari.

Prezident foydali qazilmalarga boy, uch martagacha hosil olsa bo‘ladigan tabiiy sharoitga ega, aholisi mehnatsevar Surxondaryo viloyati salohiyatining hali o‘ndan biri ham ishga solinmaganini qayd etdi.

Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot mamlakat ko‘rsatkichidan 2,3 barobar, xizmat ko‘rsatish 2 barobar, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilish 8 barobar kam ekanini ko‘rsatib o‘tildi. Viloyatda iqtisodiy faol aholining 10 %i ishsiz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 54 % ekani tanqid qilindi. 

Mirziyoyev sessiya davomida chet eldan investitsiya olib kelib, zamonaviy korxonalar tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi va mahalliy budjetlar daromadini ko‘paytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Yangiliklar lentasi
0