Prokuratura tekshiruvi: kreditlarni maqsadsiz sarflash holati aniqlandi

© SputnikKupuri nomiralom patdesat tisach sum
Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Issiqxona” qurish uchun ajratilgan kreditlar maqsadsiz saflanganligi aniqlandi.

TOShKENT, 6-may – Sputnik. O‘zbekiston prokuratura organlari kreditlarni maqsadsiz safrlash holatini aniqladi.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Bosh prokuraturasida yangi boshqarma va bo‘lim tashkil etildi

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi bo‘yicha fuqarolarga “Issiqxona” qurish uchun ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringda, tumanda tuzilgan ishchi guruh va bank xodimlari tomonidan kredit olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning ehtiyojmandligi joyiga chiqib o‘rganilmasdan va kredit ajratilishiga oid hujjatlarning haqqoniyligi tekshirilmasdan kreditlar ajratilishi oqibatida, issiqxona qurish uchun AT “Xalq banki” Kitob filialidan 11 nafar fuqarolarga 147 mln. so‘m kredit mablag‘lari noqonuniy ajratilib, kreditlarning maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan AT “Xalq banki” Kitob filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0