O‘zbekiston Bosh prokuraturasida yangi boshqarma va bo‘lim tashkil etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh prokuraturasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga mas’ul yangi boshqarma va bo‘lim tashkil etildi

TOShKENT, 5-may  — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tuzilmasida Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini rivojlantirish sohasida qonunchilik ustidan nazorat boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi resurslaridan foydalanish sohasida iqtisodiy huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

Nochnoe  avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda haydovchini kaltaklagan shaxs besh oydan so‘ng qo‘lga olindi

Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i lavozimiga Bahriddin Xolmatov, Departament bo‘limi boshlig‘i lavozimiga Parviz Orziyev tayinlandi.

Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirish, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish, suv resurslaridan, o‘simlik va hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish hamda muhofaza qilish hamda noqonuniy bino va inshootlarni qonuniylashtirish, atrof-muhitini yaxshilash ustidan nazorat olib borish Bosh prokuratura boshqarmasining asosiy vazifalari hisoblanadi, deyiladi idora axborotida.

Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida nazoratning samarali boshqaruvini amalga oshirish imkonini beruvchi Bosh prokuratura boshqarmasining situatsion-tahlil punktlari tashkil etildi.

Hozirda boshqarma tomonidan O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 22-apreldagi  "Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroridan kelib chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida biologik resurslardan foydalanish, biologik xilma-xilligini saqlash, investitsiyalarni keng jalb qilish, turizmni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsadida kompleks chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0