TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasiga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisida Bahrom Babayev O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi.
Bahrom Babayev ilgari elchixona maslahatchisi lavozimida ishlagan. Undan avval TIVning MDH mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.