Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina zakrivayet portfel
Mujchina zakrivayet portfel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tayinlov to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

TOShKENT, 14 noya – Sputnik. Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchi Ilhomjon Ne’matov TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Instagramda ro‘yxatdan o‘tdi

Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzolagan.

Ne’matov 2016-yilning sentabr oyidan Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

U 1999-yildan 2008-yilgacha Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2008-2010 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi, 2010-2013 yillarda esa O‘zbekistonning AQShdagi elchisi sifatida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0