TOShKENT, 5-may — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga yo‘l olishdi.
O‘zbekiston sportchilari 6-12 may kunlari bo‘lib o‘tadigan an’anaviy “Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi” musobaqasida ishtirok etishadi.
Turnirda 4 qit’aning 20 dan ziyod mamlakatidan keladigan nomdor bokschilar jam bo‘lishadi.
Ushbu musobaqada qatnashadigan o‘zbekistonlik sportchilar bugun erta tongda Sankt-Peterburg safariga yo‘l olishdi.
Jamoa tarkibi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-60 kg: Otabek Xolmatov
-64 kg: Zoir Jumanazarov
-69 kg: Iqboljon Xoldarov
-75 kg: Fanat Kahramonov
-81 kg: Kozimbek Mardonov
-91 kg: Madiyar Saidraximov
+91 kg: Obidjon Toxirov
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘zioxunov, Abduvohid Jalolov