TOShKENT, 18 dek - Sputnik. Samarqand shahrida boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mita matbuot xizmati.
Xabarda keltirilishicha, musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining birinchi raqamli bokschilari ham ishtirok etishgan.
8 vazn toifasida tashkil etilgan chempionat yakunlariga quyidagi sportchilar O‘zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lishdi:
-52 kg: Hasanboy Do‘smatov (Andijon)
-57 kg: Abdulhay Shorahmatov (Toshkent)
-63 kg: Alyor Noraliyev (Toshkent viloyati)
-69 kg: Bobousmon Baturov (Jizzax)
-75 kg: Fanat Qahramonov (Samarqand)
-81 kg: Xurshid Abdullayev (Samarqand)
-91 kg: Madiyar Saidrahimov (Toshkent viloyati)
+91 kg: Ulug‘bek Mubinov (Buxoro).