Toshkent IIBB haydovchilarni Ramazon oyida masjidlarga jamoat transportida kelishga chaqirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMechet Sheyxa Zayniddina (mechet Kukcha) odna iz samix bolshix v Uzbekistane
Mechet Sheyxa Zayniddina (mechet Kukcha) odna iz samix bolshix v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt IIBB haydovchilarni Ramazon oyida masjidlarga jamoat transportida kelishga chaqirdi.

TOShKENT, 4-may – Sputnik. Toshkent shahar IIBB haydovchilarni Ramazon oyida masjidlarga jamoat transportida kelishga chaqirdi.

V Moskve v ramkax proyekta Shater Ramadana proshel vecher Uzbekistana  - Sputnik O‘zbekiston
Ramazon oyini munosib o‘tkazish to‘g‘risida prezident qarori e’lon qilindi

"Sizdan muborak Ramazon oyida masjidlarga kelganda avtotransport vositalaringizni masjid yonida yo‘lni to‘sgan holda qoldirmasdan, Toshkent shahar hokimiyati va IIBB tomonidan tashkillashtirilgan joylarda qoldirishni so‘raymiz. Imkon qadar shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydalaning", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston prezidenti qarori e’lon qilingandi.

Qaror "milliy va diniy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada mustahkamlash, el-yurt uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bag‘rikenglik, shukronalik kabi olijanob g‘oyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida" qabul qilingan.

2019 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6-may kuniga to‘g‘ri kelishi aytib o‘tilgan.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Nuroniy" jamg‘armasi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini o‘zbek milliy an’ana va qadriyatlari ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0