Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishPojarniy zakreplyayet rukav shlanga
Pojarniy zakreplyayet rukav shlanga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yong‘in elektr isitish pechi ustiga ilib qo‘yilgan kiyim-kechaklar tufayli kelib chiqqanligi aniqlangan

TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Qashqadaryoda asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasi yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, yong‘in Qarshi shahri Islom Karimov ko‘chasida joylashgan 1-sonli Asab-ruhiy kasalliklar shifoxonasida sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida olov shifokorlar tomonidan o‘chirilgan. Oqibatda kasalxona 2-qavatining 2 kv.m. maydoni yonib zarar ko‘rgan va shu shifoxona tarbiyalanuvchisi R.S. kuyish jarohatini olgan.

Surishtiruv ishlari natijasida yong‘in elektr isitish pechi ustiga kiyim-kechaklarni quritish uchun ilib qo‘yilganidan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Yangiliklar lentasi
0