Surxondaryo viloyatiga hokim tasdiqlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. 2019-yil 1-may kuni Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

O‘zAning xabar qilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan To‘ra Bobolov nomzodini viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qilgan.

Eks-xokim Surxandarinskoy oblasti Baxodir Pulatov - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryo hokimi viloyat aholisi bilan xayrlashdi

“Xalq deputatlari qo‘llab-quvvatloviga ko‘ra To‘ra Bobolov viloyati hokimi etib tasdiqlandi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, To‘ra Bobolov Surxondaryoning iqtisodiy-ijtimoiy sharoitini yaxshi bilishi, viloyat xalqi, tuman hokimlari va sektorlar rahbarlari hamjihat bo‘lib, belgilangan vazifalarni to‘la bajarishiga ishonch bildirilgan.

T.Bobolov 1970-yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini viloyat davlat mulki boshqarmasida hisobchilikdan boshlagan. Keyinchalik Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi, viloyat hokimligida hududlarni kompleks rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Bahodir Po‘latov mahalliy aholi bilan xayrlashgani haqida xabar qilgan edik. To‘ra Bobolov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini vaqtinchalik bajarib kelayotgan edi.

Yangiliklar lentasi
0