TOShKENT, 2-may - Sputnik. Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i lavozimiga Zafar Alimov tayinlandi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.
Zafar Alimov (1976 yilda tug‘ilgan) 1998-yilda O‘zbekiston IIV akademiyasini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini Qibray tuman IIBning turgov bo‘limida tergovchi sifatida boshlagan. V 2001—2010 yillarda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasida katta tergovchi sifatida ishlagan.
2010−2013 yillarda boshliq o‘rinbosari, keyinroq Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
2013 yildan 2015-yilga qadar Yakkasaroy tuman IIBda boshliq o‘rinbosari — Tergov bo‘limi boshlig‘i laovizimida ishlagan.
Hozirgi tayinlovga qadar, 2015-yildan 2019-yilning aprel oyigacha Farg‘ona viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Sal oldinroq, 30-yanvarga qadar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — Tergov boshqarmasining boshlig‘i sifatida Doniyor Toshxo‘jayev ishlagan.