TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Yil boshidan 615nafar shaxs bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida o‘n oy davomida 459 nafari yashash joylariga qaytarildi, deb xabar qildi payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.
Ta’kidlanishicha, olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan — 32 ta, hafta davomida esa —14 ta jinoyatlar fosh etilgan.
"Jinoyatlarning 10 tasi — o‘g‘irlik; 3 tasi — firibgarlik; 1tasi — transport vositasini olib qochish bilan bog‘liq", dedi IIBB rahbari o‘rinbosari.
Shuningdek, Toshxo‘jayev yil boshidan- 1687 nafar, oy boshidan —90 nafar, shundan, hafta davomida-36 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlangani haqida axborot berdi.