TOShKENT, 1-may – Sputnik. Oksford universiteti professori Yang-xe Chi o‘zga sayyoraliklar allaqachon odamlar orasida yashab kelayotganini ma’lum qildi. Bu haqda Mirror nashri xabar qildi.
Professor so‘zlariga ko‘ra, o‘zga sayyoraliklar odamlari bilan jinsiy yaqinlik qilib, yangi intellektual gibrid irq yaratishgan. Uning ta’kidiga ko‘ra, bu irq ehtimoliy yadro urushi va iqlimning global isishi sharoitida omon qolish uchun lozim bo‘ladi.
“Iqlim o‘zgarishi va o‘zga sayyoraliklar o‘g‘irlashi o‘rtasida yaqin aloqa mavjud”, - degan Yang-xe Chi.
Professorning ma’lum qilishicha, Yer yuzida o‘zga sayyoraliklarning jami 4 ta – baland, kichkina, ilon ko‘zli tangachali va hasharotlarga o‘xshash turlari mavjud.
Yang-xe Chining aytishicha, odamlar o‘zga sayyoraliklarni hozircha o‘zlarining his qilish organlari cheklangani tufayli ko‘risholmaydi. Biroq Yer yuziga katta falokat yog‘ilgan vaqtda o‘zga sayyoraliklarni ko‘rish imkoni bo‘ladi.
Oksford universiteti professori Yang-xe Chi o‘zining o‘zga sayyoraliklar haqidagi kitoblari va ilmiy ishlari bilan tanilgan.