Rossiyada fuqaro do‘stining jasadini o‘zga sayyoraliklar tashlab ketganini ma’lum qildi

© © AFP 2019 / FREDERIC J. BROWNGumanoid
Gumanoid - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Omsk shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro tergovchilarga tanishining jasadini uning uyiga o‘zga sayyoraliklar tashlab ketganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyaning Omsk shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tanishining jasadini unga o‘zga sayyoraliklar tashlab ketganini ma’lum qildi. Bu haqda Rossiyaning mintaqadagi Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

NASA - Sputnik O‘zbekiston
NASA: kamida uchta sayyora hayot kechirishga yaroqli

“Tergov harakatlari natijasida jinoyat sodir etishda o‘lgan shaxsning 63 yoshli tanishi aloqador ekanligi aniqlandi. U tergovchilarga jasadni kvartiraga o‘zga sayyoraliklar tashlab ketishganini ma’lum qildi”, - deyilgan xabarda.

Ammo dastlabki tergov ma’lumotlariga ko‘ra, xonadon egasi ziyofat chog‘ida tanishini bir necha marta pichoqlagan. Oqibatda olingan jarohat tufayli jabrdida vafot etgan.

Mazkur jinoyat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumon qilinuvchiga nisbatan hibsga olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Hozirda jinoyatning sabab va holatlari aniqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0