Mehmonxona xodimi Zelenskiyning Turkiyada dam olish xarajatlarini ma’lum qildi

© Kompaniya "Leopolis" / Mediabankka o‘tishKadri iz filma "Lyubov v bolshom gorode-2"
Kadri iz filma Lyubov v bolshom gorode-2 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vladimir Zelenskiy dam olgani uchun Turkiyaga ketganini ma’lum qildi. U Bodrum shahrida joylashgan besh yulduzli mehmonxonada to‘xtadi.

TOShKENT, 30 apr – Sputnik. Prezident saylovlarida g‘olib bo‘lgan Vladimir Zelenskiy oilasi bilan Bodrum shahridagi besh yulduzli mehmonxonada uch kunlik hordiq uchun 30 ming dollargacha, parvozni ham hisobga olganda siyosatchining oilasi 33 ming dollargacha xarajat qilgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda mehmonxona xodimi RIA Novosti muxbiriga suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

Bundan avval Zelenskiy dam olgani uchun Turkiyaga ketganini ma’lum qildi. Zelenskiy Turkiyada uch kun bo‘ldi va hozir Ukrainaga qaytib ketdi.

Zelenskiy oilasi bilan dushanba kuni Bodrumdagi besh yulduzli mehmonxonadan ketdi.

Shu bilan birga, prezident villasida dam olishi - mijozlar bilan alohida tartibda hal qilishini sababli mehmonxona ma’muriyati uning narxini oshkor qilmadi.  

“Odatda hozir villalar 4 kishilik haftasida 15 ming dollar atrofida turadi, standart joylar – 4,5 ming dollar”, - deb javob berdi mehmonxona xodimi.

Yana ikkita Turkiya turistik agentliklari Turkiyada bunday elit hordiqning narxi aytilmaydi.

Vladimir Zelenskiy s suprugoy Yelenoy - Sputnik O‘zbekiston
Zelenskiy dam olish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi

“Hech kim telefon orqali notanish odamga bunday - prezidentlik lyuks dam olish joylari va narxlari haqida ma’lumot bermaydi, bu tijorat siri hisoblanadi. Bunday elit joylar mijozlarga qarab sotiladi: masalan, arab sheyxlari va rus oligarxlarga eng yuqori narxlarda sotiladi. Agar mashhur odam kelishni istasa, reklama uchun mehmonxona bepul joylashtirilishi mumkin”, - deb ma’lum qildi turistik agentlik rahbari.

Turkish Airlines aviakompaniyasida Kiyev-Bodrum-Kiyev yo‘nalishida to‘rt kishilik parvozning narxi 2500-3000 dollarni tashkil qiladi (biznes-klass).

Bundan avval RIA Novosti Zelenskiy Bodrum shahridagi besh yulduzli mehmonxonada to‘xtagani haqida xabar bergandi. Ukrainaning yangi saylangan prezidenti oilasi bilan dam olish davrida OAVlardan to‘liq yopiq rejimda o‘tkazdi.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi.

Zelenskiy saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi.

Yangiliklar lentasi
0