Gulnora Karimovaning sobiq eriga tegishli 7 mlrd so‘mdan ortiq mulk auksionga qo‘yildi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
EDEL VEYS-ALI ma’suliyati cheklangan jamiyati Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. Yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – «EDEL VEYS-ALI"» mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan bilan auksionga qo‘yilgan.

O‘zAning ma’lum qilishicha, ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning sobiq eri uning millionlariga da’vo qilmoqda

Boshlang‘ich narxi yetti milliardan ortiq (7 567 767 500.00) so‘m bo‘lgan firma narxi hozirda 4 142 518 600.00 so‘mga tushgan.

e-ijro-auksion elektron savdo maydonchasida obyektning suratlari joylashtirilgan bo‘lib, unda firmaga tegishli Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi 15-uyda joylashgan ofis (jihozlari bilan) va avtomobillar ham ko‘rsatilgan.

EDEL VEYS-ALI ma’suliyati cheklangan jamiyatga 101.5 FM to‘lqinida joylashgan “Radio Grand” radiosi tegishliligi aytiladi.

Mazkur radio auksionga qo‘yilganiga qaramay, hamon faoliyatini davom ettirmoqda. Auksion joriy yilning 8-may sanasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Xabarda EDEL VEYS-ALI ma’suliyati cheklangan jamiyati Gulnora Karimovaning sobiq eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shveysariya Federal sudi O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha ikkita muhim qaror qabul qilgani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0