Doimiy ochlik hissi qaysi xavfli kasallik alomati?

© Sputnik / Mediabankka o‘tishBlyuda
Blyuda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Britaniyalik olim doimiy ochlik hissi qaysi kasallik rivojlanayotganidan darak berishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 1-may – Sputnik. Doimiy ochlik hissi qand kasalligi rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Bu haqda Express nashri xabar qilmoqda.

Britaniyalik olim Metyu Keypxornning so‘zlariga ko‘ra, agar inson taom iste’mol qilgandan so‘ng ochlik hissini sezishda davom etsa, shifokorga murojaat qilish lozim.

Krovat - Sputnik O‘zbekiston
Tunda hojatxonaga tez-tez qatnash qaysi kasallik alomati?

U kechki ovqatga alohida e’tibor qaratish kerakligini tushuntirdi. Agar to‘yimli taom iste’mol qilinsa, ochlik hissi ovqatlanishdan so‘ng olti soat ichida paydo bo‘lmasligi kerak.

Uyquga yotishdan oldin tamaddi qilgingiz kelsa, bu ham xavotirli alomat. Chunki uyqudan oldingi ishtaha metabolik buzilishlar yoki qondagi saxar miqdori oshishining yana bir muhim belgilaridan hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq non tayyorlashda mahsulot mog‘or bosishini oldini olish uchun propionat moddasi qo‘shilishi, bu esa gormon darajasi yuqori bo‘lishi, semizlik va qand kasalligiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Yangiliklar lentasi
0