Tunda hojatxonaga tez-tez qatnash qaysi kasallik alomati?

Obuna bo‘lish
Yaponiyaning Yokogama shahrida bo‘lib o‘tgan “Japanese Circulation Society 2019” konferensiyasida tunda hojatxonaga tez-tez qatnash bu kasallik alomati ekanligi ma’lum qilindi.

TOShKENT, 3 apr — Sputnik. Tunda hojatxonaga kichik hojatni chiqarish istagida tez-tez qatnash bu kasallik alomati ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda Yaponiya kardiologlari Yokogama shahrida bo‘lib o‘tgan “Japanese Circulation Society 2019” konferensiyasida ma’lum qilishdi. Ularning aytishiga ko‘ra, inson organizmida keragidan ortiqcha tuz va yuqori qon bosimi uning tunda tez-tez uyg‘onib, kichik hojatni chiqarish istagida hojatxonaga qatnashiga sabab bo‘ladi.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Nima sababdan tunda ishlash zararli – tadqiqot natijalari

“Biz shuni aniqladikki, agar sizda nikturiya rivojlangan bo‘lsa, siz yoki yuqori qon bosimi, yoki organizmdagi ortiqcha suyuqlikdan aziyat chekasiz. Bu nikturiya holati yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilib, qon bosimni o‘lchash hamda iste’mol qilinayotgan tuz miqdorini aniqlash lozim”, - deya Satosi Konno (Satoshi Konno) so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, yurak qon-tomirlari kasalliklari (infarkt, insult va surunkali yurak qon-tomirdagi yetishmovchilik) dunyo bo‘ylab insonlar o‘limiga sabab bo‘layotgan asosiy sabablardan biri bo‘lib qolmoqda.

Konno hatto bir martagina tunda hojatga qatnash gipertoniya xastaligi rivojlanishini taxminan 40 foizga oshirganini ma’lum qildi.

“Hojatxonaga qanchalik tez-tez qatnasangiz, yurak qon-tomir faoliyatidagi muammolarga duchor bo‘lish ehtimoli shunchalik yuqori bo‘ladi”, - deb ta’kidladi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi Bob Ueyton o‘zining uzoq umr ko‘rish sirlarini ma’lum qilgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0