Mirziyoyevning Buxoroga tashrifi natijalari: uch hokim ishdan bo‘shatildi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUchastniki meropriyatiya
Uchastniki meropriyatiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro viloyatining Vobkent, Romitan va Buxoro tumanlari hokimlari o‘zgardi.

TOShKENT, 1 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so‘ng Buxoro viloyatida uchta tuman hokimi va ikkita universitet rektori o‘zgardi. Bu haqda viloyat ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev ishtirokida Vobkent, Romitan va Buxoro tumanlari xalq deputatlari kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Sotrudniki Buro prinuditelnogo ispolneniya poluchili avto i mopedi - Sputnik O‘zbekiston
MIB xodimlarining 570 nafari vazifasini "lozim darajada bajarmagani" sabab ishdan ketgan

Vobkent tumanini 2009-yildan buyon boshqarib kelayotgan Asqar Nazarovich Javodov vazifasidan ozod etildi. Peshko‘ tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bafoyev Bahodur Sanoyevich vaqtinchalik tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

2018 yil may oyidan buyon vaqtinchalik Romitan hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Halimov Baxriddin Shamsiyevich o‘rniga Romitan hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalaribo‘yicha birinchi o‘rinbosari Tohirov Xurshid Yahoyevich yangi hokim bo‘ldi.

Buxoro tumanini 2016-yildan buyon boshqarib kelayotgan Esanov Muhiddin Turdiyevich boshqa lavozimga o‘tgani sababli lavozimidan ozod qilinib, o‘rniga Do‘stov Qahramon Bozorovich Buxoro tumani hokimi etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29−30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tanishdi, yangi loyihalarni belgiladi hamda muqaddas qadamjolarni ziyorat qildi.

Yangiliklar lentasi
0