Tula yaqinida pichoqlangan o‘zbek ayoli Rossiya fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi
Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tula viloyati Uzlovaya shahridagi “Paterochka” supermarketida 34 yoshli Andrey.K kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgan.

TOShKENT, 30 apr – Sputnik.  Bandlik va mehnat   munosabatlari  vazirligi Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi “Paterochka” supermarketida pichoqlangan ayolning shaxsi yuzasidan ma’lumot berdi.

Tula - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat vazirligi Tuladagi do‘konda pichoqlab ketilgan o‘zbekistonlik yuzasidan bayonot berdi

Xabarda aytilishicha, 28-aprel kuni Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi “Paterochka” supermarketida rossiyalik  34 yoshli Andrey.K 33 yoshli Umida ismli kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgan. Ayol kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.

Aniqlanishicha, jabrlangan ayol 1986-yilda tug‘ilgan asli o‘zbekistonlik, ammo hozirga qadar Rossiya fuqaroligida bo‘lgan Umida Zurayevna Egamurotova ekanligi tasdiqlandi. Jinoyatchi qo‘lga olingan.

“O‘zbekiston Respublikasi  Bandlik va mehnat   munosabatlari  Vazirligi Umida Egamurotovaning oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi. Shuningdek, marhuma Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bo‘lishiga qaramasdan, vatandoshimiz sifatida tashkiliy masalalarda kerakli amaliy yordamini ko‘rsatishga tayyor ekanligini bildiradi”, - deyilgan xabarda.  

Yangiliklar lentasi
0