Mehnat vazirligi Tuladagi do‘konda pichoqlab ketilgan o‘zbekistonlik yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishTula
Tula - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jabrlangan Umida.S ismli ayol O‘zbekiston fuqarosi va 3 nafar farzand onasi bo‘lib, kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan.

TOShKENT, 30 apr - Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vazirligi Rossiyaning Tula viloyatidagi supermarketda pichoqlab ketilgan o‘zbekistonlik ayol yuzasidan bayonot berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xuzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi Bosh vakilligi xabariga ko‘ra, kecha Tula viloyatining Uzlovaya shahridagi “Paterochka” supermarketida 34 yoshli Andrey.K kassir ayolga hujum qilib, pichoq bilan 20 ga yaqin jarohat yetkazgan.

Tulada o‘zbekistonlik sotuvchi ayol xaridorlar ko‘z o‘ngida vahshiylarcha pichoqlandi – video

Xabarda aytilishiga ko‘ra, jabrlangan Umida.S ismli ayol O‘zbekiston fuqarosi va 3 nafar farzand onasi bo‘lib, kasalxonada hayotdan ko‘z yumgan. Jinoyatchi qo‘lga olingan.

“Ayni damda Agentlik vakillari Umida.Sning  jasadini O‘zbekistonga qaytarish chora-tadbirlarini ko‘rishmoqda. Shu munosabat bilan marhumaning yaqin qarindoshlarini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki agentlikning Rossiya Federatsiyasidagi  vakiliga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Respublikasi  Bandlik va mehnat   munosabatlari  Vazirligining  tezkor telefon tarmog‘i: +99871-200-06-00

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining  Moskva shahridagi telefon tarmog‘i: +7-9250454744

Yangiliklar lentasi
0