TOShKENT, 30 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
“Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi, shahar va tumanlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 30-aprel kuni Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi”, - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29−30 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan tanishib, yangi loyihalarni belgilagan edi. Shuningdek, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilgan edi.