TOShKENT, 30 apr – Sputnik. 2019-yil 23-23 aprel kuni Dushanbeda MDH davlati aeronavigatsiya provayderlarini birlashtiruvi “Yevroosiyo” ekspertlar muvofiqlashtiruvchi kengashining 36-chi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekistondan 50 ga vakil yaqin ishtirok etdi. Bundan tashqari, tadbirda aeronavigatsiya sanoati, Havo transporti xalqaro assotsiatsiyasi (IATI) va Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (MAK) vakillari qatnashdi.
Kengashda Rossiya nomidan “Goskorporatsiya po OrVD” korxonasining bosh direktori Igor Moiseyenko boshchiligida delegatsiya qatnashdi.
Tadbir davomida “Yevroosiyo” kengash a’zolari so‘nggi olti oy mobaynida o‘z korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aeronavigatsiya bo‘yicha hamkorlik qilishning texnik masalalari, Muvofiqlashtiruvchi guruh ekspertlarining ish faoliyati natijalari to‘g‘risida hisobotlar tinglandi.
Igor Miseyenko kompaniyaning ish faoliyati, 2018-yilda Rossiya havo hududida parvozlar ko‘payganini ta’kidlab o‘tdi. Havo harakatlarini boshqaruv markazini mustahkamlash dasturlari muvaffaqiyatli ijro etildi.
Tumen va Yekaterinburgda yirik markazlar foydalanishga topshirildi. Miseyenko Krasnoyarskda bo‘lib o‘tgan XXIX Jahon qishki universiada musobaqalarida havo harakatini tashkil qilish borasida tajriba bilan o‘rtoqlashdi.
Kengash a’zolari va mehmonlar tadbir yuqori darajada o‘tganini va qabul qiluvchi tomon – “Tojikaeronavigatsiya” korxonasiga minnatdorlik bildirishdi.
“Yevroosiyo” muvofiqlashtirish Kengashi va Ekspertlar guruhining 37-chi yig‘ilishi joriy yilning sentabr oyida Qozog‘istonda o‘tkaziladi.