O‘zbekiston va MDH davlatlari pilotsiz aviatsiya sohasida hamkorlik qilishadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy gotovit k vzletu malie bespilotnie letatelnie apparati
Voyennoslujashiy gotovit k vzletu malie bespilotnie letatelnie apparati - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozon shahrida juma kuni MDHga a’zo bo‘lgan 8 ta davlat qurolli kuchlar shtab boshliqlarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi

TOShKENT, 20 apr — Sputnik. O‘zbekiston va MDH davlatlari pilotsiz aviatsiya sohasida hamkorlik qilishadi. Bu haqda Rossiya qurolli kuchlarining general shtab boshlig‘i, mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari armiya generali Valeriy Gerasimov qo‘mita yig‘ilishida ma’lum qildi.

RIA Novosti ma’lum qilishicha, bu yig‘ilishda ishtirok etish uchun Qozon shahriga Ozarbayjon, Armeniya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari tashrif buyurishdi.

"Yig‘ilish ishtirokchilari pilotsiz aviatsiya foydalanish va pilotsiz uchish qurilmalariga qarshi kurash sohasida hamkorlik rivojlanishini qo‘llab quvvatlashdi", — deb ta’kidladi Gerasimov.

Bundan tashqari, yig‘ilish davomida Suriyada aksilterrorchilik operatsiyasida pilotsiz uchar qurilmadan foydalanish bo‘yicha tajriba almashildi. Shuningdek, 2017-yilda MDH davlatlari qurolli kuchlarining uchish xavfsizligi holati tahlil qilindi.

Yangiliklar lentasi
0