SSV O‘rta Chirchiqda sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

© Gazeta ZarafshonOperatsiya na serdse u detey v Meditsinskom sentre Samarkanda
Operatsiya na serdse u detey v Meditsinskom sentre Samarkanda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, avtohaloqat oqibatida avtobus ichida 53 ta yo‘lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan.

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘rta Chirchiqda sodir bo‘lgan YTH bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, avtohalokat oqibatida avtobus ichida 53 ta yo‘lovchidan 27 nafari turli darajada tan jarohati olgan. Jarohatlanganlarga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga mos ravishda zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Avtobus so znakom Deti - Sputnik O‘zbekiston
IIBB bolalar guruhini avtobusda tashish qoidalarini tushuntirib berdi

Ma’lum bo‘lishicha, ulardan 19 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. Yana 2 nafari Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, uyiga ruxsat berilgan. Ular potranaj xizmatiga nazoratiga olingan. Qolgan 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Travmatologiya va Shoshilinch xirurgiya bo‘limlariga yotqizildi. Ularning ikki nafari: 54 yoshli Asqad Kobilov va 2,5 yoshli Robiya Ma’murboyeva muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Ayni paytda jarohatlangan bemorlar o‘zlarini yaxshi his qilishmoqda.

Bundan tashqari, ushbu yo‘l transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan barcha yo‘lovchilarning xonadonlariga borilgan, ahvolidan xabar olinib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari tashkil etilgan.

Barcha bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi nazoratida, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida, ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus beton to‘siqqa urilib yonib ketgani haqida xabar qilgan edik. FVV matbuot xizmati Sputnik muxbiriga YTHga uchragan avtobus yo‘lovchilarining ahvoli stabil ekanligi haqida ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0