IIBB bolalar guruhini avtobusda tashish qoidalarini tushuntirib berdi

© Sputnik / Anton Denisov / Mediabankka o‘tishAvtobus so znakom "Deti"
Avtobus so znakom Deti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 29 apr – Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xodimi Sputnik muxbiriga O‘zbekistonda bolalar guruhini tashkiliy tashish qoidalarini tushuntirib berdi.

Avtomobil skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yaqinida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yonib ketdi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan tunda Toshkent viloyatida maktab o‘quvchilari guruhini olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab yonib ketgan, yo‘lovchilardan 12 nafari turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

IIBB xodimining so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, maktab o‘quvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil qilayotgan tashkilot, IIVning tegishli bo‘limiga yozma ravishda murojaat qilib, sayohat sanasi, yo‘nalishi, o‘quvchilar soni va transport vositasi haqida xabardor qilishi va ruxsatnoma olishi kerak.

Ruxsatnoma berish uchun quyidagilar bajariladi: 

  • Avtobus texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi; 
  • Agar sayohatda ishtirok etayotgan avtobus 1 dona bo‘lsa – unga ichki ishlar tomonidan 1 nafar kuzatuvchi tayinlanadi;
  • Agar avtobuslar soni 2,3 yoki undan ko‘p bo‘lsa, YHXB tomonidan kuzatuv mashinasi beriladi;   
  • bolalarga xizmat ko‘rsatayotgan avtobusning yo‘lovchi tashish uchun amal qiluvchi litsenziyasi bo‘lishi kerak. Litsenziya - Avtomobil transporti agentligi tomonidan beriladi; 
  • bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan avtobusning old va orqa tomonida "Bolalar guruhini tashish" yo‘l belgisi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 1.21- yo‘l belgisi - qizil hoshiyali, ichiga bolalar tasviri tushirilgan, sariq rangdagi to‘rtburchak ko‘rinishidagi belgi;

Ma’lumot uchun, 2016-yil 1-martdan boshlab kuchga kirgan, “Yo‘l harakati qoidalari”ga  asosan, yo‘nalishli transport vositalariga daxli bo‘lmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi - tashkillashtirilgan bolalar guruhi hisoblanadi.

 

 

Yangiliklar lentasi
0