TOSHKENT, 27 apr — Sputnik. Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati Urganch aeportida respublikadan oʻzga shaxsga tegishli boʻlgan valyutani olib chiqish holati yuzasidan xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, “Urganch aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Urganch–Moskva” yoʻnalishi boʻyicha uchib ketayotgan fuqaro SH.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazildi.
Natijada, ushbu fuqaro tomonidan olib oʻtilayotgan 3000 dollari oʻzga shaxsga tegishli ekanligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tekshiruv jarayonida, yuqoridagi 3000 dollari aslida fuqaro J.M.ga tegishli boʻlib, ushbu meʼyoridan ortiq xorijiy valyutalarni fuqaro SH.S.dan bojxona nazoratidan olib oʻtib berishini soʻraganligi maʼlum boʻldi.
Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.